Xavi: "Barselona" mavsumdagi eng yomon o'yinini o'tkazdi"

Mirjalol Normatov
28 apr 2023, 20:10
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi jamoasi "Rayo Valekano"ga qarshi mavsumdagi eng yomon o'yinini o'tkazganini aytdi.

Kataloniya klubi kecha LaLiganing 31-turi doirasida Madridda "Rayo Valekano"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

"Rayo"ga qarshi mavsumdagi eng yomon o'yinimizni o'tkazdik. Xatolarni to'g'rilab, barchasini yana oq qog'ozdan boshlash kerak.

LaLigani yutishimizga oz qoldi. Ushbu ligadagi vaqtimni juda soz o'tkazayotganimdan mamnunman", - dedi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Chiringuito TV