Xavi "Al Sadd"dagi sobiq shogirdini “Barselona”ga olib kelmoqchi

Eldor Akmurzayev
22 noya 2021, 08:25
“Barselona” yaqin orada yirik xaridlarni amalga oshira olmaydi.

Shu tufayli Xavi hujum chizig'ini kuchaytirish uchun muqobil variantlarni izlamoqda.

Sport.es manbasiga ko'ra, Xavi “Al Sadd”dagi sobiq shogirdi Bag'dod Bunejani “Barsa”da ko'rmoqchi. 29 yoshli forvard qishda kataloniyaliklar safiga ko'chib o'tishi mumkin.

Buneja joriy mavsum dohaliklar libosida 20 o'yinda qatnashib, 17 ta gol urdi. Uning transfer narxi esa 6 mln evroga baholanmoqda.



O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sport.es