Xavi: "Agarda "Barselona" uchun kerak bo'lsam, yordam berishga tayyorman"

Mirjalol Normatov
2 iyul 2021, 01:50
"Barselona"ning sobiq futbolchisi Xavi Kataloniya klubini boshqarishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Umid qilamanki, klub tez orada Messi bilan shartnomaning uzaytirilganligini ma'lum qiladi. Leo ham klub ham shuni istayotgani tabiiy holat.

"Barselona"ni boshqarish? "Barselona"ga doimo eng yaxshi tilaklarni tilayman. Agarda klub uchun kerak bo'lsam, yordam berishga tayyorman. Ammo Kumanni qattiq hurmat qilaman", - dedi Xavi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es