Xaverc Messining natijasini takrorladi

Eldor Akmurzayev
13 fev 2022
Klublar o'rtasida JCH finalida “Chelsi” ekstra-taymlarda “Palmeyres”ni (2:1) engib, bosh sovrin egasiga aylandi.

“Aristokratlar” a'zosi Kay Xaverc g'alaba goli muallifiga aylandi. U “Manchester Siti”ga (1:0) qarshi Chempionlar Ligasi finalida ham chempionlik to'pini kiritgandi.

Xaverc bu borada Lionel Messining natijasini takrorladi. Messi 2011 yil “Barselona” safida MYUga qarshi (3:1) Chempionlar Ligasi finalida o'yin taqdirini hal qiluvchi golni urgan va Klublar o'rtasidagi mundial finalida “Santos”ga (4:0) dubl qayd etgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football.ua