

"Shaharliklar" kelgusi turda "kanonirlar" bilan to'qnash keladi.
"Biz 49 o'yinda bir necha martagina mag'lub bo'lgan, Chempionlar ligasida esa hech qachon yutqazmagan jamoaga qarshi o'ynaymiz. Liga Kubogi finalida "Siti" umuman favorit emas edi. Bu mamlakatda biz raqibdan ancha kuchlimiz deb hatto 1 funt ham qo'yishga tayyor odam topilmasdi. Balki hozir vaziyat o'zgargandir.
Men "Arsenal"ni hurmat qilaman, chunki ular so'nggi yillarda qanday o'ynayotganini bilaman. Ularning murabbiyini, futbolchilarini, mahorat darajasini va turli vaziyatlarda kurashishda davom etayotganini bilaman. Biz qattiq ishlashimiz kerak - bazi taktik masalalar bor, balki biroz o'zgartirish kiritamiz.
Hozir "Arsenal" - mamlakat va Yevropadagi eng yaxshi jamoa. Bu jamoani bir marta engishning o'zi qiyin vazifa, bir necha hafta ichida ikki marta engish qanday bo'lishini tasavvur qiling. Bizga dam olish kerak.
Muxlislarga shuni aytmoqchiman: "Arsenal"ga munosib hurmat ko'rsating - bu ajoyib jamoa. O'yinning birinchi daqiqasidan boshlab bizni qo'llab-quvvatlang, chunki futbolchilar bor imkoniyatlarini berib o'ynashadi", - dedi Gvardiola.



