Xaver Ernandes: "MYU" yaxshi sport formasiga chiqib boryapti"

Tolibjon Qosimov
26 sen 2013, 15:44
Angliya Liga Kubogi doirasida "Liverpul"ga qarshi o'yinda yagona golga mualliflik qilgan "Manchester Yunayted" hujumchisi Xaver Ernandesning aytishicha, bo'ydor futbolchilarni ortda qoldirishda unga tezligi qo'l keladi.
Uning so'zlariga ko'ra "MYU" asta sekin yaxshi sport formasiga chiqib boryapti.

"Umuman olganda, gavdaning kattaligi jarima maydonidagi to'p uchun kurashda eng muhimi emas. Bazida keskin harakatlar raqib himoya chizig'ini dovliratib, sarosimaga solib qo'yishi mumkin. Menga ko'p bora haqiqiy markaziy hujumchi ekanligimni aytishadi. Ko'p ehtimolki, menga aynan tezkor harakatlarim evaziga raqibni ortda qoldirishga erishaman. Shuni aytishim mumkinki, "MYU" asta-skinlik bilan yaxshi formaga kirib boryapti", dedi Chicharito.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru