Xarri Keyn: Umid qilamanki yaqin yillarda yana 100ta gol uraman

Narzulla Saydullayev
27 fev 2017, 07:45
Tottenxem hujumchisi Xarri Keyn Stok Sitiga qarshi o'yindan so'ng (4:0) o'z fikrlarini bildirdi.

Futbolchi kecha klub faoliyatidagi 100-golini urdi. G'alabali seriyaga qaytishga urindik. Birinchi taym ajoyib chiqdi! Aynan shuni xohlagandik.

Uchinchi golda omadim keldi. To'rtinchi golni ham urmoqchi edim, ammo Alliga to'p uzatishga qaror qildim.

Payshanba kuni menga klub faoliyatimda 99ta gol borligini aytishgandi. Bunday statistika – qoyilmaqom. Umid qilamanki, yaqin yillarda yana 100ta gol uraman, – deydi Keyn.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/BBCRLSport