Xarri Keyn faoliyatidagi yubiley golini urdi

Mirjalol Normatov
14 fev 2026, 22:48
Xarri Keynning "Verder" darvozasiga urgan ikkinchi goli u uchun yubileyga aylandi.

"Bavariya" hujumchisi uchrashuvning 22-daqiqasida penaltidan, 25-daqiqada esa Luis Diasning pasidan keyin gol urdi.

Shu orqali angliyalik hujumchi terma va klublardagi faoliyatidagi 500-golini urdi. Shularning 100tasini u penaltidan keyin o'z hisobiga yozdirgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Opta