
“Bavariya”ning tarkibi “Borussiya”nikiga qaraganda kuchliroq. Bundan tashqari myunxenliklar mana 37 o'yindan beri mag'lubiyat nima ekanligini bilmay kelishmoqda va chempionatda yetakchilikni saqlab turishibdi. “Bavariya – favorit. Biroq biz faqatgina bu o'yin bilan to'xtalib qolmaymiz, chunki oldinda juda ko'p o'yin bor”, - Vatckening so'zlarini keltiradi sport1.de.