Xames Rodriges “Real”ga o'tmoqchi va bu Di Mariya transferiga bog'liq

Tolibjon Qosimov
1 iyul 2014, 13:52
“Monako” yarim himoyachisi Xames Rodriges o'z faoliyatini “Real”da davom ettirmoqchi.
Futbolchi “Qirollik klubi” prezidenti Florentina Peresga o'z niyati haqida aytgan va unga transfer kelishuvlarini kuchi etgancha engillashtirishga vada bergan. Rodriges oldinroq o'z kumiri Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada to'p tepish orzusida ekanligini aytgan edi.
“Monako” futbolchini “Real”ga osonlikcha qo'yib yubormoqchi emas. Francuz klubi Xames uchun “Portu”ga 45 million evro to'lagan edi. Peres Anxel di Mariyani 50 million evro evaziga sotib, bu pullarga kolumbiyalik futbolchini xarid qilmoqchi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com