Xames Rodriges: "G'alabamiz haqqoniy bo'ldi"

Aziz Tukhtamuradov
25 yanv 2015, 12:43
"Real" futbolchisi Xames Rodriges "Kordoba"ga qarshi o'yindagi g'alaba haqli ravishda qo'lga kiritildi deb hisoblaydi.
"Raqib himoyaga yotib olib, hujum qilishga imkon bermayotgan vaqtda g'alaba qozonish qiyin bo'ladi.

Biz doimo g'alaba uchun harakat qilamiz. Ushbu g'alabani ham haqqoniy natija deb hisoblayman.

Ronalduning qizil kartochkasi? U vaziyatda men maydonda emas edim. Nima bo'lganini ko'rmadim", - deydi kolumbiyalik futbolchi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru