Xames Rodriges Braziliya klubi bilan aloqaga chiqdi

Sherzod Nurmatov
27 iyul 2023, 13:52
Yarim himoyachi Xames Rodrigesda "San-Paulu"ga o'tish imkoniyati bor.

Klub allaqachon "Real" sobiq futbolchisiga hamkorlik qilish taklifini bildirgan, tomonlar muzokaralar olib borishmoqda. 

Kolumbiyalik futbolchi erkin agent hisoblanadi.

Avvalroq futbolchi faoliyatini Argentinada davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: jovempan.com.br