Xames faoliyatini qaysi jamoada davom ettirmoqchi ekanligini aytdi

Mirjalol Normatov
3 dek 2018, 22:26
"Bavariya" yarim himoyachisi Xames Rodriges Myunxen jamoasida qolishni istaydi.

"Bavariya"da muammolar juda kam. O'yin amaliyoti kam bo'lgan taqdirdagina bu yerdan ketishim mumkin. Ammo Myunxenda qolishni istayman. Jamoaning muxlislari menga ishonayotganini his qilyapman", - dedi Xames.

Xamesning "Bavariya"dagi ijara muddati ushbu mavsumdan keyin yakunlanadi. Oldinroq myunxenliklar futbolchini 42 mln evroga sotib olishni istamayotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deporivo