Xames Yevropa futboliga qaytishga qarshi emas: "Ko'ramiz, kim mening chap oyog'imni xohlarkin"

Alisher
11 may 2022, 14:20
Xavbek Xames Rodriges Yevropa futboliga qaytishni xohlayotganini tasdiqladi.

"Real", "Bavariya" va "Everton" sobiq o'yinchisi ayni damda Qatarning "Al Rayyan" jamoasida o'ynamoqda.

"Tez orada transfer oynasi ochiladi. Qaerga chaqirishsa, o'sha erga boraman. Elitaga qaytish imkoniyati bor.

Ko'ramiz, kim mening chap oyog'imni xohlarkin", - deydi 30 yoshli kolumbiyalik.

Eslatib o'tamiz, Xamesning "Al Rayyan" bilan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Win Sports TV