“Xall”dan xaydalgan Sluckiy “Chelsi”da ish boshlashi mumkin

Aslanov Jasurbek
4 dek 2017
“Xall Siti” klubi rahbariyati tomonidan iste'foga chiqarilgan Leonid Sluckiy Angliyaning o'zidan yaxshiroq ish topishi mumkin.

The Telegraph nashrining xabar berishicha, rossiyalik 46 yoshli mutaxassis “Chelsi” klubida ishlash boshlashi mumkin. London jamoasi xo'jayini Roman Abramovich hamyurtiga ish taklif qilgan ko'rinadi.

Ma'lumotlarga qaraganda, Sluckiy “Chelsi” klubi texnik direktori lavozimini egallaydi. Lekin hozircha bu borada hech qanday rasmiy ma'lumot berilmagan. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph