

APL vakili ispaniyalik yarim himoyachi Dani Sebalos xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Futbolchining "Qirollil klubi" bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi va hozircha tomonlar uni uzaytirish borasida kelishgani yo'q.
Shuningdek, vaziyatni yozda taklif bilan chiqishga tayyor bo'lgan "matraschilar" rahbariyati diqqat bilan kuzatib borayotgani ham xabar qilingandi.

Ispaniyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Joriy mavsumda u "Real" safida barcha turnirlar doirasida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta to'p kiritdi va 6 ta golga pas uzatdi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Sebalosning narxi 9 million evroni tashkil qiladi.



