"Vulverxempton" yarim himoyachisining narxi 122 mln evro

Aslanov Jasurbek
25 sen 2018, 14:36
"Vulverxempton" yarim himoyachisi Ruben Nevesh o'tgan va joriy mavsumdagi o'yini bilan Angliya Premer-ligasining yetakchi jamoalari e'tiborini tortdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "bo'rilar" rahbariyati futbolchini yo'qotmaslik uchun portugaliyakka narx qo'yishga qaror qildi. Klub Neveshni 122 mln evroga baholadi.

Neveshga "Manchester Siti" qiziqish bildirgani tufayli "Vulverxempton" bu ishga qo'l urdi. Joriy yilning bahorida 21 yoshli futbolchini "Liverpul" xarid qilishi mumkinligi e'lon qilingandi.

Joriy mavsum Nevesh Premer-liganing 6ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times