"Vulverxempton" Ikardiga qiziqmoqda

Alisher
2 iyul 2022, 11:51
PSJ hujumchisi Mauro Ikardi faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

"Vulverxempton" 29 yoshli argentinalik bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, Ikardiga "River Pleyt", "Lacio" va "Napoli" ham befarq emas.

Ikardi o'tgan mavsum PSJ tarkibida 50ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport