"Vulverxempton" "Barselona" futbolchisini ijaraga oldi

Mirjalol Normatov
4 iyul 2021, 16:55
"Barselona" vingeri Fransishku Trinkau faoliyatini "Vulverxempton"da davom ettiradi.

Ingliz klubi matbuot xizmati 21 yoshli portugaliyalikning transferini e'lon qildi. Tomonlarning ijara kelishuvi 2022 yil yoziga qadar davom etadi.

O'tgan mavsumda Trinkau 28 o'yinda qatnashib, 3 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/Wolves