Voltemade: "Biror narsa qilib, keyin "kechirasiz" deyish futbolning bir qismi emas. Menga adolatli kurash yoqadi"

Sherzod Nurmatov
29 sen 2025, 17:24
"Nyukasl" APLning 6-turida o'z maydonida "Arsenal"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mezbonlar hujumchisi Voltemade 34-daqiqada hisobni ochdi.

"Goldan keyin yuzimga tirsak bilan zarba berilganini his qildim, Men bilmayman, shunchaki hakamga nimadir sezayotganimni aytdim.

Menimcha, yuzga qarata bunday zarba berish noto'g'ri, lekin men bu tufayli yotib oladigan o'yinchi emasman. Bazan, balki shunday bo'lishi kerakdir, lekin bu mening futbol uslubim emas. Keyin u uzr so'radi", – dedi Voltemade.

Germaniyalik futbolchisi voqeadan keyin ham, o'yindan keyin ham Gabrielning qo'lini siqmadi.

"Menga bunday narsa yoqmaydi." "Agar siz o'yin davomida biror narsa qilsangiz va bir necha soniyadan keyin "kechirasiz" desangiz, bu futbolning bir qismi emas. Menga adolatli kurash yoqadi, uning tirsagi yuzimga tushmasligi kerak edi", – dedi hujumchi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports