Vohid Shodiev: "Maqsadimiz - ortga g'alaba bilan qaytish"

Tolibjon Qosimov
23 mar 2015, 19:17
Bugun JAR stadionida O'zbekiston milliy terma jamoasi mashg'ulot o'tkazdi.
Mashg'ulot yakunida Vohid Shodievning fikrlari bilan qiziqdik.

- Mashg'ulot avvalida Mirjalol Qosimov nima uchun sizni tabrikladilar?
- Bir oy avval o'g'il farzandli bo'lgan edim, shuning uchun meni o'rtaga taklif qilib birgalikda tabriklashdi.

- O'rtoqlik o'yini bo'lishiga qaramay Janubiy Koreya bilan bahsga tayyorgarlik qay tarzda kechmoqda?
- Raqibimiz juda kuchli. Bugun birinchi mashg'ulotni o'tkazdik, hali to'liq tarkib yig'ilmadi. Nasib qilsa, ertadan barcha mashg'ulotda ishtirok etadi. Ortda g'alaba bilan qaytishni maqsad qilganmiz.

Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia