"Vodiy futboli": Bugun "Andijon" va "Qo'qon-1912" o'yini

Narzulla Saydullayev
22 avg 2015, 13:27
Oliy liganing 19-turidan o'rin olgan vodiy derbisi "Andijon" va "Qo'qon-1912" o'rtasida bo'lib o'tadi.

"Andijon" - "Qo'qon-1912". Kichik derbida qo'qonliklar g'olib

Kecha yoshlar ligasining 19-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda Maruf Zokirjonov tomonidan urilgan ikki gol qo'qonliklarga g'alaba keltirdi.

Shu tariqa, "Qo'qon-1912" yoshlari o'z ochkolarini 28taga etkazib olishdi va 8-o'ringa chiqib olishdi. "Andijon" yoshlari hisobida 14 ochko bor, jamoa 15-o'rinda.

Bugun asosiy tarkiblar o'rtasidagi o'yin soat 17:00da Andijondagi "Sog'lom Avlod" stadionida boshlanadi. O'yin prevyusini o'qimaganlar uchun havola.


"Neftchi": Yoshlarimiz "Metallurg"dan ustun kelishdi

Kecha "Neftchi"ning yoshlari o'z maydonida "Metallurg"ni qabul qilib 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Yagona golni Hayot Yoqubov bekobodliklar darvozasiga urdi. "Neftchi" yoshlarining ochkolari soni 25taga etdi, jamoa 10-pog'onada bormoqda.

Bugun asosiy tarkiblar o'rtasidagi bahs soat 18:30da boshlanadi. Barcha muxlislarni "Istiqlol" stadioniga taklif qilamiz.


"Navbahor": Yosh "lochinlar" "So'g'diyona"ga yutqazishdi

Namanganning "Navbahor" klubi oliy liganing 19-turini bugun Jizzaxda "So'g'diyona"ga qarshi o'tkazadi. Ushbu o'yin soat 18:00da start oladi.

Kecha jamoaning yoshlari "So'g'diyona" yoshlariga 0:1 hisobida yutqazib qo'yishdi. Shu tariqa, yosh "lochinlar" 17 ochko bilan 13-o'rinda qolishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia