"Vodiy futboli": Bugun "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" uchrashuvi

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2015, 14:00
Bugun vodiyda oliy liga o'yini bo'lib o'tadi.
"Qo'qon-1912": Bugun "Paxtakor"ga qarshi o'yin

Oliy liganing 2-turidan o'rin olgan qoldirilgan bahsda "Qo'qon-1912" "Paxtakor" klubini qabul qiladi.

Rustam Abdullaev boshchiligidagi jamoa 14ta o'yindan so'ng 10 ochko to'plab musobaqa jadvalining 14-pog'onasida borishmoqda.

Kecha ushbu jamoalarning yoshlari o'zaro o'yin o'tkazishdi. Bahsda "Paxtakor" 2:0 hisobida zafar quchdi.

Bugungi bahs soat 18:00da boshlanadi.


"Navbahor": Shaxboz Erkinov - vodiy to'purari

Oliy ligada dastlabki davra yakunlandi. Namanganning "Navbahor" klubi hujumchisi Shaxboz Erkinov birinchi davrada 6ta gol urib vodiy klublari ichida to'purar bo'ldi. Undan keyingi o'rinni uning jamoadoshi Ulug'bek Baqoev egallab turibdi - 5ta gol.


"Neftchi": Davralar oralig'ida Toshkentda ham yig'in bo'ladi

Farg'onaning "Neftchi" klubi 9 iyulga qadar tatilga chiqqani haqida xabar bergandik.

Jamoa tayyorgarliking dastlabki bosqichini Farg'onada o'tkazadi. 21 iyuldan esa Murod Ismoilov shogirdlari yig'inni Toshkentda davom ettirishadi. Ushbu yig'in doirasida bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkaziladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia