"Vodiy futboli": Ashurmatov iste'foga chiqmoqchi

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2015, 14:30
Vodiyning uchta klubi davralar oralig'idagi tatilga yo'l olishdi.

"Neftchi": O'tgan yilgi natija yaxshilandi

Farg'onaning "Neftchi" klubi 15ta o'yinida 33 ochko oldi va dastlabki davrani 3-o'rinda tugatdi.

O'tgan yil jamoa butun mavsumda (26ta tur) 28 ochko to'plagandi. Jamoa bir davra ichida o'tgan yilgi natijani yaxshilay oldi.

"Neftchi" ikkinchi davrani G'uzorda "Sho'rtan"ga qarshi bahs bilan boshlaydi.


"Qo'qon-1912": Legionerlarimiz "Paxtakor"ga qarshi o'ynay olmaydi

Xabaringiz bor, 5 iyul kuni "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Paxtakor"ni qabul qiladi.

Kecha jamoaning ikki nafar legioneri Igor Golban va Vladimir Argun o'z yurtiga jo'nab ketgani haqida xabar bergandik. 

Ushbu o'yinchilar qoldirilgan bahsda qo'qonliklarga yordam bera olishmaydi.


"Navbahor": Baxtiyor Ashurmatov iste'foga chiqmoqchi

"Lokomotiv" - "Navbahor" (5:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi ishdan ketish niyatida ekanini ma'lum qildi.

"Balki bugungi bahs "Navbahor"dagi so'nggi o'yinim bo'lishi mumkin. Rahbariyat bilan uchrashuvdan so'ng barchasi ma'lum bo'ladi. Balki yangi murabbiy kelsa jamoaning natijalari yaxshilanar. Hech kim meni ketishimni so'ramadi, shunchaki shaxsan o'zim shunday o'ylayapman", - deydi Ashurmatov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia