Vlashich faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin

Alisher
9 iyul 2021
SSKA yarim himoyachisi Nikola Vlashich faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

23 yoshli futbolchi bilan "Betis" klubi shartnoma imzolamoqchi. Sevilya klubi ustozi Manuel Pellegrining shaxsan o'zi xorvatni jamoasida ko'rmoqchi.

Eslatib o'tamiz, futbolchining moskvaliklar bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Vlashich o'tgan mavsum Rossiya chempionati doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Elgoldigital