Vitsel "Borussiya"da so'nggi mavsumini o'tkazmoqda

Sherzod Nurmatov
10 apr 2022, 19:48
Xabarlarga qaraganda, Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Aksel Vitsel joriy mavsum yakunlangandan so'ng "arilar"ni tark etadi.

Manbaning xabar qilishicha, futbolchining 2022 yilning 30 iyuniga qadar hisoblangan shartnomasi nemis klubi rahbariyatining qarori bilan uzaytirilmaydi, bu haqda Vitsel ham allaqachon xabardor qilingan.

Shuningdek, manbaga ko'ra, Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi faoliyatini xorijda – MLS'da davom ettirishini takidlagan.

33 yoshli Vitsel joriy mavsumda Bundesligada 25 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Deutschland