Vitcel ham Xitoyga yo'l olishi mumkin

Aslanov Jasurbek
25 dek 2016, 01:43
“Zenit” yarim himoyachisi Aksel Vitcel faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.

Rossiya klubi “Shanxay Telleys”ning  25 million evrolik taklifini qabul qildi. Muzokaralarda tomonlar futbolchining shaxsiy kelishuvini muhokama qilishmoqda.

Ma'lum qilishlaricha, 27 yoshli yarim himoyachi yiliga 12 million evrolik maoshni rad etgan. Takroriy taklifda bu raqam ikki barobar ortishi mumkin.

Belgiyalik futbolchiga da'vogarlik qilayotgan “Yuventus” esa uning transferi uchun “Zenit”ga 6 million evro bermoqchi. Rossiyaliklar esa Vitcelning transferidan kamida 10 million evro ishlab olishmoqchi.

“Zenit”ni 2016 yil yoziga qadar boshqargan portugaliyalik mutaxassis Andre Villash-Boash ayni paytda “Shanxay Telleys” jamoasiga ustozik qilmoqda. Ushbu haftada ushbu jamoa Xitoy ligasi tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirib, “Chelsi”da Oskarni 70,5 million evro evaziga xarid qildi.

Vitcelning “Zenit” bilan shartnomasi 2017 yilning yoo'ida o'z nihoyasiga etadi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato