

Eslatib o'tamiz, farg'onaliklar chempionatning dastlabki turida "Metallurg" mehmoni bo'ladi.
- Safarda juda yaxshi jamoaga qarshi o'ynaymiz. "Metallurg" doimo birdam jamoa bo'lib kelgan. Garchi qishda tarkibida o'zgarishlar bo'lishiga qaramasdan, jamoaning o'yin uslubi o'zgarmasa kerak.
Shu sababli qiyin o'yin bo'lishini kutyapman. Mavsum boshida doimo kurash qattiq bo'ladi, bunday paytda futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi birinchi o'ringa chiqadi. Umid qilamanki, ijobiy natija bilan chempionatni boshlaymiz.



