Vitaliy Levchenko: "Hamma futbolchimizda OKMKga qarshi maydonga tushish imkoniyati mavjud"

Administrator
15 may 2025, 00:31
O'zbekiston kubogi uchinchi turidan o'rin olgan "Neftchi" – "Oqtepa" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida qatnashdi.

– Yaxshi raqibga qarshi o'yin o'tkazdik. Natija yaxshi, o'yin sifatimizga savollar bor. Raqib yoshlardan iborat ajoyib jamoa ekan. 

– Toma Tabatadze gol urolmay kelayotgandi. Bugun u gol urdi. Bu uning keyingi o'yinlariga qanday ta’sir ko'rsatishi mumkin?

– Uning jismoniy holati bo'yicha savollar bor. Shuning uchun unga o'yin amaliyoti berdik. Hammasi o'ziga bog'liq. 

– Keyingi o'yinda Superliga peshqadamiga qarshi safarda o'yin kutib turibdi. Bugungi o'yin bu uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish uchun qanchalik ahamiyat kasb etdi?

– Biz har bir rasmiy o'yinga jiddiy yondoshamiz. Bugun rotaciya qildik. Yigitlar o'zlarini tiklab olishlariga e'tibor beramiz. Olmaliqqa qarshi maydonga tushish imkoniyati hammada bor. Albatta, ertadan OKMKga qarshi o'yinga tayyorlanamiz.

– "Andijon"ga qarshi o'yindan oldin dubl qayd etgan o'yinchiga avtomobil vada qilingandi. Superliga peshqadamiga qarshi o'yindan oldin ham shunday vadalar bormi?

– Bu hammasi homiylarga bog'liq. Biz yigitlarga stimul berishlariga qarshi emasmiz. Biz bunga faqat ha deymiz. 


O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia