

O'zbekistonlik futbolchi "Rotor"ning mashg'ulotlarida ishtirok etdi.
Vitaliy bundan bir necha kuni avval Tataristonning "Rubin" klubi bilan shartnomasini bekor qilgan edi.
Futbolchi "Rubin"da Premer-liganing 8ta, Rossiya Kubogining bitta uchrashuvida maydonga tushdi.
Volgograd jamoasi hozirda MFL ("FNL")da 25 turdan so'ng 52 ochko jamg'argan holda 1-o'rinda bormoqda.
Ta'kidlab o'tish kerakki, "Rotor"da ayni damda O'zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Maksim Shackix yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritmoqda.




