O'zbekiston MTJ sobiq futbolchisi: Mamlakat futboli darajasini terma jamoa baholaydi

Khoja
30 yanv 2025, 09:43
O'zbekiston milliy terma jamoalari sobiq himoyachisi Vitaliy Denisov Abduqodir Husanovning Lansdan Manchester Sitiga o'tgani haqida fikr bildirdi.

Mamlakat futboli darajasini terma jamoa baholaydi. Osiyo kubogi ancha muvaffaqiyatli o'tdi. Qolaversa, xorijda to'p surayotgan futbolchilar ham o'ziga xos o'lchov sanaladi. SSKAda, Romada va endi Sitida ham o'zbekistonlik futbolchi bor. Husanov APL tarixidagi ilk o'zbekistonlik sanaladi.

 Xudo xohlasa, u Angliyada ham muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'ladi. Ko'ramiz, balki Abbosbek ham yaqin orada qaergadir ketar. Ushbu transfer boshqalarni ham e'tiborini tortadi. 

Lekin mamlakatda futbol rivoji borasida hamisha yaxshilash mumkin bo'lgan narsa bor. Umid qilamanki, ushbu ishlar o'zbek futboli rivojiga katta hissa qo'shadi, - deb intervyu bergan Denisov.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com