
Raqib Ukrainaning "Metallist" klubi bo'ldi. O'yinda Rossiya klubi yirik 4:1 hisobida zafar quchdi. Quvonarlisi so'nggi gol bo'lgan vaziyatda hamyurtimiz Vitaliy Denisov to'pni Pavlyuchenkoga aniq uzatib berdi.
Temiryo'lchilar Sloveniyadan Moskvaga qaytishmoqda. Aynan poytaxtda klub yangi mavsum startga tayyorgarlikni davom ettiradi. Eslatib o'tamiz, Lokomotiv 1-turni 14 iyul kuni safarda Anjiga qarshi o'tkazadi.
Lokomotiv - Metallist 4:1 (1:0)
Gollar: N’Doye, 26 (1:0). Samedov, 54 (2:0). Villian, 68 (2:1). Pavlyuchenko, 71 (3:1). Pavlyuchenko, 88 (4:1).
Lokomotiv: Gilerme, Shishkin, Chorluka, Dyurica, Yanbaev (VITALIY DENISOV, 75), Tarasov, Tigorev, Al. Miranchuk, Samedov (Tkachev, 59), Maykon (Grigorev, 82), N'Doye (Pavlyuchenko, 67).
Metallist: Goryainov, Vilyagra, Berezovchuk (Guye, 46), Pshenichnyx (Moledo, 46), Azevedo, Blanko, Marlos, Krasnoperov (Shelaev, 81), Noyok, Villian, Radchenko.
Ogohlantirishlar: Shishkin, 33. Guye, 59. Moledo, 76. Maykon, 79. Torres, 79.
6 iyul. Dravograd. Shportni Centr stadioni.