

Vinisius shartnomani uzaytirishdan bosh tortsa, Madrid klubi Vitinyani sotib olishi mumkinligi haqida xabar berilmoqda.
Bunday holatda "Real" braziliyalik vinger uchun 100 mln evrodan ko'proq talab qiladi va bu pulga PSJdan Vitinyani sotib oladi.
Joriy mavsumda Vitinya barcha musobaqalarda 23 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.



