Vinisius "Real"ning La Liga doirasidagi navbatdagi o'yinini o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
16 dek 2024, 14:15
"Real"ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior jamoasining "Sevilya"ga qarshi uchrashuvida qatnashmaydi.

Vinisius Madridning "Rayo Valekano" jamoasiga qarshi 17-tur uchrashuvida hakam bilan bahslashgani uchun sariq kartochka oldi. Shu bois, braziliyalik sariq kartochkalar ko'pligi sababli keyingi o'yinni o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, "Real" Ispaniya chempionatidagi navbatdagi o'yini 22 dekabr, yakshanba kuni Andalusiyaning "Sevilya" jamoasiga qarshi o'tkazadi. Madridliklar undan oldin Qitalararo Kubogi finalida "Pachuka" bilan bellashadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports