

"Dunyoning eng zo'r klubida qolishni xohlayman", - deydi Vinisius.
Oldinroq ma'lum bo'lganidek, "Real" va 21 yoshli o'yinchi shartnomani 2026 yilga qadar uzaytirish borasida kelishuvga erishishgan. Hujumchining maoshi 3,2 million evrodan 10 millionga qadar o'sadi. Vinisiusning tovon puli 1 milliard evroni tashkil etadi.
Braziliyalik futbolchi o'tgan mavsum "Real" tarkibida barcha musobaqalarda 52ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol va 16ta assist qayd etdi. Hujumchining Madrid klubi bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.



