Vinisius Junior The Best sovrinini qo'lga kiritgandan so'ng nimalar dedi?

Administrator
17 dek 2024, 23:13
Futbolchi Dohada Janni Infantino tomonidan taqdirlandi.

"Real Madrid" klubi futbolchisi Vinisius Junior FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi uchun beriladigan The Best sovrinini qo'lga kiritganidan so'ng o'z kechinmalari bilan bo'lishdi.

"Bu erga yetib kelishim boshida imkonsizdek tuyilardi. Men jinoyatchilik va qashshoqlikka juda yaqin kichik bir joydan kelganman. Hozir esa bu sahnada turibman. 

Bu sovrinni olishimga sababchi bo'lgan "Real Madrid"dagi hammaga, oilam, do'stlarim, "Flamengo" va mamlakatimdagi insonlarga rahmat aytaman", -deydi Vinisius Junior.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: FIFA.com