"Vilyarreal" himoyachisi APLga ko'chib o'tadi

Omonjon To`xtamirzayev
1 avg 2024, 17:52
"Vilyarreal" himoyachisi Xorxe Kuenka "Fulxem"ga o'tadi.

Transfer summasi 8 million evro deb baholanmoqda. 

E'tiborlisi, "Barselona" ushbu transfer summasining 20%ga ega bo'ladi.

Esltib o'tamiz, Kuenka "Vilyarreal"ga 2020 yil avgustida aynan "ko'k-anorranglilar" safidan kelib qo'shilgandi. O'tgan mavsum 24 yoshli markaziy himoyachi barcha musobaqalarda 37 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi, 1 ta golli uzatma etkazib berdi va 9 bor sariq kartochka ishlab oldi. 

"Transfermarkt" portali ispaniyalikning transfer narxini 6 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal