"Real" futbolchisini transferga qo'ydi

Sherzod Nurmatov
19 iyun 2026, 19:45
Madridning "Real" jamoasi yosh himoyachisi Alvaro Karrerasning kelajagi borasida bir qarorga keldi va joriy transfer oynasida futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.

Bu haqda "Vibes Foot" xabar berdi.

Bosh murabbiylar shtabi uzoq muddatli rejalarida endi futbolchini hisobga olishmaydi. "Qaymoqranglilar" Karreras uchun barcha takliflarga ochiq va yaqin orada transferni yakunlamoqchi.

2.jpg

Klub o'z tarkibini qisqartirishga va klubning boshqa ustuvor transfer maqsadlariga qayta sarmoya kiritish uchun sotishdan pul ishlamoqchi.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik himoyachi ushbu mavsum madridliklar tarkibida 40 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Vibes Foot