Vilya: "Melburn Siti" safida debyut qilishga tayyorman"
Aslanov Jasurbek
6 okt 2014, 14:23
"Barselona" va "Atletiko" sobiq futbolchisi David Vilya to'rt oylik tanaffusdan so'ng yana futbolga qaytishga tayyorligini ta'kidladi.
"O'zimni yaxshi his qilyapman. So'nggi vaqtlarda ko'p shug'ullandim. Tanaffusim juda uzoq davom etdi. Yozgi dam olishdan so'ng yana futbol o'ynashga tayyorligini sezyapman. Jamoaning yaqin oradagi o'yinida ishtirok etmoqchiman" - deydi Vilya.