“Viloyat hokim kubogi-2018”: Jamoalar nomi ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
27 yanv 2018, 08:41
Har yili mavsum boshlanishi arafasida Farg'ona viloyat hokimligi va viloyat futbol associasiyasi tomonidan ananaviy tarzda “Viloyat hokim kubogi” musobaqasi o'tkazilishidan xabaringiz bor.

28 yanvar joriy yilgi turnir start oladi.

“Viloyat hokim kubogi-2018” xalqaro turnir maqomiga ega bo'lib,  16 ta jamoa uchta guruhga bo'lingan holda kurash olib boradi. “A” guruhida O'zbekiston Superligasi va Pro-liga klublari hamda Qirg'izistoning “O'sh” klubi ishtirok etadi. Qolgan ikkita guruhda esa Pro-liga, Super liga jamoalari o'rinbosarlar va Farg'ona viloyati chempionatida ishtirok etuvchi klublar qatnashadi.

“A” guruhidagi jamoalar alohida sovrin uchun kurash olib borishadi. O'zaro o'yinlardan keyin ko'p ochko jamg'argan jamoa bosh sovringa ega bo'ladi. “B” va “S” guruhida ham o'yinlar bir davrali tizimda o'tkazilib, guruh g'oliblari finalda maydonga tushishadi va ikkinchi sovrin g'olibini aniqlab berishadi. O'yinlar Farg'ona davlat universitetiga qarashli sport majmuasi (FarDU stadioni), Qirgulidagi “Neftchi SK” o'yingohlarida bo'lib o'tadi.

 
“A” guruhi
“Neftchi” (Farg'ona)
“Qo'qon-1912” (Qo'qon)
“O'sh” (Qirg'iziston)
“Mashal” (Muborak)
“Cementchi” (Quvasoy)
“Istiqlol” (Farg'ona)

“A” guruhi taqvimi
1-tur
28 yanvar (yakshanba)

Istiqlol – Mashal   FarDU stadioni  soat 11:00
Cementchi – O'sh   FarDU stadioni  soat 15:00
Neftchi – Qo'qon-1912  Neftchi SK    soat 15:00
 
2-tur
30 yanvar (seshanba)

Cementchi – Qo'qon-1912   FarDU stadioni  soat 11:00
Istiqlol – O'sh     FarDU stadioni  soat 11:00
Neftchi – Mashal     Neftchi SK    soat 15:00
 
3-tur
1 fevral (payshanba)

Qo'qon-1912 – Istiqlol    FarDU stadioni  soat 11:00
O'sh – Mashal   FarDU stadioni  soat 15:00
Neftchi – Cementchi    Neftchi SK    soat 15:00
 
4-tur
3 fevral (shanba)

Cementchi – Istiqlol    FarDU stadioni  soat 11:00
Qo'qon-1912 – Mashal   FarDU stadioni  soat 15:00
Neftchi – O'sh   Neftchi SK    soat 15:00
 
5-tur
5 fevral (dushanba)

Mashal – Cementchi   FarDU stadioni  soat 11:00
O'sh – Qo'qon-1912        FarDU stadioni  soat 15:00
Neftchi – Istiqlol       Neftchi SK    soat 15:00
 
“B” guruhi
“Zomin” (Jizzax)
“Qo'qon-1912-2” (Qo'qon sh. )
“Andijon” (Andijon sh. )
“Iftixor” (Oltiariq t.)
“Turon”  (O'zbekiston t.)
 
“S” guruhi
“Navbahor-2” (Namangan)
“Neftchi-2”  (Farg'ona)
“Yozyovon lochinlari” (Yozyovon t.)
“Toshloq FK” (Toshloq t.)
“O'z Tong Kong Xo” (Andijon)
 
“B” va “S” guruhlari taqvimi keyinroq e'lon qilinadi.

 

Abror Dehqonov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz