“Iftixor”ning yarim finaldagi raqibi ma'lum

Narzulla Saydullayev
27 fev 2018, 13:40
Bugun Andijonda davom etayotgan “Viloyat hokim kubogi-2018” musobaqasida guruh bosqichi o'yinlari yakuniga etdi.

“S” guruhida 9 ochko bilan O'zbekiston Yoshlar Ittifoqining “Iftixor” jamoasi birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Ushbu jamoa so'nggi turda “Toshloq” bilan o'ynashi lozim edi. Ammo toshloqliklarga texnik mag'lubiyat yozildi. Natijada “Iftixor” 100 foizli natija bilan keyingi bosqichga chiqdi.

Mazkur guruhdagi birinchi bahsda Andijonning “VBO'SM” jamoasi “Asaka” klubiga qarshi maydonga tushdi va 5:2 hisobida g'alaba qozonib, eng yaxshi ikkinchi o'rinni olgan jamoa sifatida yarim finalga yo'l oldi.

Yarim final
28 fevral

“Andijon” - “VBO'SM”
“Iftixor” – “O'z Tong Xong Ko”

Final
1 mart


Abror DEHQONOV


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oltinvodiy.uz