Villian o'ziga yangi jamoa qidirmoqda

Sherzod Nurmatov
31 iyul 2021, 02:02
"Arsenal" vingeri Villian klubdan ketishga yaqin.

Fabricio Romano ma'lumotiga ko'ra, 32 yoshli braziliyalik "to'pchilar" safini tark etmoqchi. U hozirgi paytda o'ziga yangi jamoa axtarmoqda.

Romanoning qo'shimcha qilishicha, Villianning Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi bilan muzokara olib borayotgani haqidagi xabarlar mish-mishdan boshqa narsa emas.

Villan "Arsenal"ga 2020 yilda kelib qo'shilgan. Uning kelishuvi 2023 yilning yozigacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano