

- Men kuzatib boradigan kuchli futbolchilar bo'lgan. Ular jarima zarbalarini juda qoyilmaqom tarzda amalga oshirishardi. Ronaldinyo va Bekxem bu ishni juda chiroyli uddalashardi. Men ham ulardan ko'p narsa o'rganishga harakat qilaman. Jarima zarbalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mashg'ulotlarda alohida shug'ullanish juda muhim. Bu narsa albatta yordam beradi. Men kuniga 4-5 marotaba har xil poziciyalardan bu ishni takrorlayman. Bu esa menga o'yinlarda qo'l keladi. Jarima zarbasini amalga oshirayotganda darvozabonni diqqat bilan kuzatish kerak. Kerakli nuqtani topib, mo'ljalni aniq nishonga olish darkor.



