Villian: "APL futbolchilari mavsumning tezda boshlanishiga qarshi bo'lishmoqda"

Mirjalol Normatov
17 may 2020, 13:35
"Chelsi" yarim himoyachisi Villianning aytishiga ko'ra, APL klublari tarkibida o'ynayotgan futbolchilar koronavirus pandemiyasi sababli mavsumning tezda boshlanishiga qarshi bo'lishmoqda.

"Men bilgan ma'lumotlarga ko'ra, ko'pchilik futbolchilar mavsumning tezda boshlanishiga qarshi bo'lishmoqda. Ha, biz futbolni sog'inyapmiz, ammo har doim xavfsizlikda bo'lishimiz kerak. Qachonki mutlaq xavfsiz bo'lganidagina mavsumning boshlanishini istaymiz", - dedi Villian.

Angliya hukumati mamlakatda 1 iyundan e'tiboran sport o'yinlarini yopiq tarzda o'tkazilishiga ruxsat bergan. "Chelsi" APL turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Evening Standard