Viktor Kumikov: "So'nggi daqiqalarda g'alaba golini urib ketayotganimizni sababi..."

Iskandarov Abdulaziz
13 may 2022, 22:03
Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Andijon" (0:1) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov fikrlarini bildirdi.

"Birinchi bo'limda mezbonlar uyda o'ynayotgani bois ko'proq hujum qilishi ma'lum edi. Ikkinchi bo'limda esa o'yinni va natijani o'z tomonimizga og'dira oldik. "Sho'rtan"ni ko'p o'yinlarini ko'rdik. Ular barcha uchrashuvlarda yaxshi harakat qilishmoqda. Raqibdan kelib chiqib bugungi o'yinga taktika tanladik.

Uchta o'yindan beri so'nggi daqiqalarda g'alaba golini urib ketmoqdamiz. Bu jismoniy holatimiz yaxshi ekanligidan dalolat. 

Bubanya va Miloyka yaxshi o'ynadi. Milich esa ko'p narsa o'xshamadi. Hujumkor uslubga moslashgan futbolchi. Bunday paytda yarim himoyachilar ham yordam kelishi kerak. Keyingi uchrashuvlarda o'zini ko'rsatadi, deb o'ylayman",- deydi Kumikov.





O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia