"Vest Xem" yanvarda "Chelsi" hujumchisini sotib olishga urinib ko'radi

Aslanov Jasurbek
18 okt 2018, 18:48
"Vest Xem" klubi qishki transfer oynasida hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi.

"Bolg'ali jangchilar"ning yanvardagi asosiy transfer maqsadlaridan biri "Chelsi" hujumchisi Olive Jiru. Fransiyalikning ko'klar bilan shartnomasi yakunlanishiga bir yildan kam vaq qoldi, "Vest Xem" esa bu xarid qiyinchiliksiz amalga oshishiga ishonmoqda.

Jiru "Arsenal"dan "Chelsi"ga o'tishidan oldin ham "Vest Xem"dan taklif olgandi, biroq "to'pchilar" har safar rad javobini berishgan.

Oldinroq, "bolg'ali jangchilar" transfer ro'yxatida "Roma" forvardi Edin Jeko ham borligi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror