"Vest Xem" MYUdan Maguayrni sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
18 yanv 2023, 13:06
"Vest Xem" "Manchester Yunayted" himoyachisi Harri Maguayrga qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi "Mirror".

Manba bergan xabarga ko'ra, London klubi 29 yoshli angliyalik futbolchini jamoani tark etishga yaqin turgan Kreyg Dousonning o'rinbosari sifatida ko'rmoqda. Shuningdek, "bolg'achilar" "Amen" himoyachisi Formoz Mendini ham sotib olishi mumkin.

Maguayr "Manchester Yunayted"da 2019 yilning avgustidan buyon o'ynaydi. 2022/23 yilgi mavsumda u jamoa safida 15 ta o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror