“Vest Xem” Borrello bilan ikki yillik shartnoma imzolashi mumkin

22 yanv 2014, 12:10
“Vest Xem” klubi hujumchi Marko Borrello bo'yicha “Roma” bilan muzokara olib borishni davom ettirayapti.

Agar Borrello “to'qmoqlar” tarkibida mavsum so'ngigacha o'ynab ularga premer-ligada qolishga yordam bera olsa, klub unga ikki yillik shartnoma taklif etadi, deb xabar beradi Sky Sport Italia.

Avval berilgan xabarlarda klublar Borrello bo'yicha kelishib olishgani haqida aytib o'tilgan edi.

Eslatib o'tamiz, ayni paytda “Vest Xem” APLda 18-o'rinni band etib turibdi.


Manba: sports.ru