Verratti: "PSJ bilan Chempionlar ligasida g'olib bo'lishni orzu qilaman"

Aslanov Jasurbek
6 mar 2017, 11:17
PSJ yarim himoyachisi Marko Verratti parijliklar bilan Chempionlar ligasi g'olibiga aylanmoqchi.

"PSJda qolishni istayman. Men Yevropada kamdan-kam topiladigan loyihaning bir qismiman. PSJ bilan Chempionlar ligasida g'olib bo'lishni orzu qilaman. Bosh murabbiy Unai Emeriga rahmat aytmoqchiman, chunki u doimo menga ishonch bag'ishlaydi. Hozir o'zimni yaxshi his qilyapman, haftada uchta uchrashuvda maydonga tushishim mumkin. Bu zamonaviy futbolda juda muhim" - deydi Verratti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia