Verratti Donnarumma haqida: "U hafa bo'lgandi"

Mirjalol Normatov
31 okt 2025
PSJ sobiq futbolchisi Marko Verratti parijliklar sobiq posboni Janluijji Donnarummaning kyetishi haqida gapirdi.

Yozda italiyalik posbon "Manchester Siti"ga o'tdi.

"Mish-mishlar urchigan paytda Donnarumma bilan gaplashdim. U hafa bo'lgandi. Bu normal holat. U mavsumda muhim futbolchilardan biri sifatida YCHLni yutgandi.

YCHL sovrinini yutganingizda odamlar omad haqida gapirishadi. Lekin bu omad emasdi, ular mavsumni zo'r o'tkazishdi. Hal qiluvchi seyvlarni u bir necha marta amalga oshirdi. U kerakli o'yinlarda o'zini ko'rsatdi.

Italiya ham Evroni aynan u sababli yutdi deb o'ylayman. PSJ ham Jiji evaziga ko'p narsalarga erishdi. Lekin yakunda Luis Enrikening yakuniy qarori barchasini o'zgartirdi. U doimo o'zgarishlarni istaydi va tarkibda almashtirib bo'lmaydigan futbolchisi yo'qligini ko'rsatishga harakat qiladi.

Donnarumma APLda o'z darajasini ko'rsatmoqda. U uch xil ligada o'ynadi. Bu u uchun ajoyib tajriba bo'ladi", - dedi ayni damda "Al Duhayl"da o'ynayotgan futbolchi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Foot Mercato